TALENT loyihasi

Erasmus+ TALENT loyihasida Yevropa va Markaziy Osiyolik hamkorlar O`zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istondagi oltita universitetda Inson Resurslari Menejmenti (IRM) bo‘yicha magistrlik dasturlarini ishlab chiqishmoqda. IRM zamonaviy xususiy va davlat tashkilotlarida muhim faoliyat sohasi bo'lib, tashkilotlarning shaffof bo'lishiga yordam beradi va xodimlarga o'z iste'dodlarini rivojlantirish imkoniyatlarini taqdim etadi. Ushbu sahifalarda TALENT IRM magistrlik dasturlari, universitetlar va loyiha haqida ma'lumot olishingiz mumkin.

Missiya bayoni

Erasmus+ Talent loyihasining (2018-yil dekabr – 2022-yil noyabr) asosiy maqsadi Markaziy Osiyodagi oltita universitetda IRM bo‘yicha ikki yillik magistrlik dasturini yaratishdir. Yevropa Ittifoqi (YeI) ning Belgiya, Germaniya, Gretsiya va Bolgariyadagi universitetlari murabbiyligida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O’zbekistondagi oltita universitetda Markaziy Osiyo (MO) mintaqasi ijtimoiy-iqtisodiy muammolari va o‘ziga xos xususiyatlariga mos IRM bo‘yicha tushuncha va amaliyotlarni o‘rganish uchun innovatsion akademik muhit rivojlantirilmoqda. Talabalarning birinchi guruhi 2020-yil sentyabr oyida o‘qishni boshladi.
TALENT loyihasi o'qituvchilar uchun treninglar va seminarlar singari turli xil faoliyat va tadbirlar orqali IRM bo'yicha uzoq muddatli tajriba almashinuviga imkon beradigan universitetlar va davlat hamda xususiy sektor sub'ektlari o'rtasida aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, Markaziy Osiyoda IRMga qiziquvchi talabalar, o'qituvchilar va tadqiqotchilarning mobilligi uchun imtiyozlar yaratish harakatida.

Loyiha haqida

MO mamlakatlarida ta'lim tizimi rivojlanayotgan bir vaziyatda, bir qator bitiruvchilar o'ziga munosib ish topa olmaslik va iste'dodlarini o'z ish o'rinlarida rivojlantira olmaslik muammosi bilan to`qnash kelmoqdalar. Ushbu muammo MO boshqaruv institutlari va ish beruvchilar tomonidan tobora yuqori darajada tan olinmoqda. Universitetlarda IRM magistrlik dasturlarini ishlab chiqishga ikki yo'nalishda qiziqish mavjud: (a) bitiruvchilar mahalliy yoki milliy darajada IRM mutaxassislari sifatida ish bilan ta'minlanishi mumkin va (b) ushbu bitiruvchilar universitet joylashgan hududdagi mehnat bozorini o'rganish va takomillashtirishlari mumkin. Biroq, IRM magistrlik dasturi mahalliy tajriba va tadqiqotlar bilan mutanosiblikda olib borilgan taqdirdagina ahamiyatga ega. Oxirgi bosqich YeI universitetlari bilan va MO universitetlariaro hamkorlikni talab etadi. Shu nuqtai nazardan, loyihaning uchta asosiy maqsadi mavjud:

IRM 8 ta kursini o'qitishga 6 ta MO universitetlaridan o'qituvchilar jalb qilish

MO o'qituvchilari YeI ning IRM tadqiqotlari va amaliyoti bilan chuqurroq tanishadilar. MO o'qituvchilari qiyosiy kurslarni ishlab chiqishlari va YeI sharoitida IRM ahamiyatini bilishlari tavsiya qilinadi. O'qituvchilar, asosan, o'quv kurslari va kirish matnlarini ishlab chiqadilar.

TALENT doirasida akkreditatsiyadan o'tgan magistrlik dasturini yaratish

O'quv dasturining tafsilotlari loyihaning 1-yilida ishlab chiqilgan. Dastur o'quvchilarga ilmiy tahlil qilish va xodimlarning holatini hamda iqtisodiy samaradorlikni oshirish usullarini yaratishga imkon beradigan IRM haqidagi ma'lumotlar berishga qaratilgan.

YeI va MO o'qituvchilarining norasmiy tarmog'ini yaratish

Loyiha doirasida bir xil kurslarda ishlaydigan MO o'qituvchilari YeI o'qituvchilari bilan ishchi guruhlarda va IRM seminarlarida ishlashmoqdalar. Akademik munozara va qiyosiy IRM rag'batlantirilmoqda. Loyihaning 3-yilida tarmoq MO IRM tadqiqotlarini tizimlashtirishga qaratilgan.

YeI hamkorlari

Bryussel erkin universiteti (Belgiya)

BEU (Bryussel, Belgiya) xalqaro doiradagi universitet bo‘lib, 8 ta asosiy fakultetga ega va jami 144 ta o‘quv dasturini 18000 ga yaqin talabaga taqdim etadi. BEU loyihani boshqaradi.

Afina iqtisodiyot va biznes universiteti (Gretsiya)

AIBU (Afina, Gretsiya) tadqiqot markazi 1983-yilda tashkil etilgan, boshqa universitetlar, jamoat tashkilotlari, xususiy korxonalar, xalqaro tashkilotlar va tanlangan malakali shaxslar bilan hamkorlik qiladi.

Otto-von-Gerike nomidagi Magdeburg universiteti

OVGU (Magdeburg, Germaniya) 1993-yilda tashkil etilgan, tabiiy, tibbiyot, iqtisodiy va gumanitar fanlarga yo‘naltirilgan. Universitetda 14000 nafar nemis va xalqaro talabalar tahsil oladi.

Falsafa va sotsiologiya instituti (FSI)

Bolgariya Fanlar akademiyasi (Sofiya, Bolgariya) FSI 2010-yilda tashkil topgan. FSI bilim, inson va jamiyat bo‘yicha nazariy va amaliy, sotsiologik, falsafiy va ilmiy tadqiqotlar bilan bog‘liq murakkab tadqiqotlar olib boradi va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydi.

MO hamkorlari

Nazarboyev universiteti

NU (Nur-Sulton) 2010-yilda tashkil topib, qisqa vaqtda xalqaro miqyosda diqqat markazida bo‘ldi, tadqiqot sifatini dunyodagi eng yaxshi tadqiqot universitetlari darajasiga ko‘tarish bo‘yicha aniq vazifa bilan tashkil etilgan. Universitetning 8 ta oliy maktablarida deyarli 4500 talabalarga ta’lim beriladi.

Qirg‘iziston iqtisodiyot universiteti

1953 yilda tashkil etilgan QIU (Bishkek, Qirg‘iziston) Qirg‘iziston Respublikasida iqtisodiy sohasiga ixtisoslashgan yetakchi muassasa hisoblanadi. Universitet iqtisodiyot, menejment, biznes, savdo, xizmat ko‘rsatish, turizm va IT sohalarida dasturlarni taklif etadi.

Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti (TXVU)

TXVU- bu G’arbiy uslubda ta’lim xizmatlari taklif qiladigan O’zbekistondagi birinchi xalqaro universitet. Universitet 2002 yilda tashkil etilgan va kurslar Vestminster universiteti (Buyuk Britaniya, London) tomonidan akkreditatsiyadan o‘tgan. TXVU keng ko‘lamli dasturlarni, o‘quv va ilmiy tadbirlarni hamda ijtimoiy faoliyatni taklif etadi.

Yevroosiyo Innovatsion universiteti

1991 yilda tashkil etilgan YeIU (Pavlodar, Qozog‘iston), 6000 nafarga yaqin talaba uchun bakalavriat, magistratura va aspirantura darajalarida ta’lim beradi. Bu yirik mintaqaviy ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasasi.

Markaziy Osiyo Amerika universiteti

1993 yilda tashkil etilgan MOAU (Bishkek, Qirg‘iziston) - Amerika liberal an’analari asosidagi xalqaro, ko‘p tarmoqli ta’lim birlashmasi. MOAU 22 fakultetida deyarli 1132 nafar bakalavriat va 119 nafar magistratura talabalariga ta’lim beriladi.

Buxoro davlat universiteti

BuxDU (Buxoro, O’zbekiston) O’zbekistonning eng yirik ilmiy va akademik markazlaridan biridir. Unda 13 fakultet va 1 ta instituda 22500 nafardan ortiq talaba tahsil oladi. BuxDU ko’plab bakalavriat, magistratura va doktorantura akademik dasturlarni taklif etadi.